⚡️⚡️Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi.

✅ Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab  ta’limi bo’limi boshlig‘i O.Jangirov mas’ul xodimlar va tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan videochat orqali yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yil 5-fevralda imzolangan PF-19-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mashg‘ulotlarni sifatli tashkil qilish, qamrovni oshirish, tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish, maqsadli ko‘rsatkichlar va ijro intizomi muhokama qilindi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.