Joriy yilning 27-oktabr kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig‘i O.Jangirov umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan videochat orqali yig‘ilish o‘tkazdi.
🔹Yig‘ilishda “Kelajak soati” darslarining o‘tilishi, MMIBDO‘larning menejerlik sertifikatini olishi, o‘quvchilar davomati, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, maktab ichki nazoratidagi o‘quvchilar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarlarni tashkillashtirish, to‘garaklarga o‘quvchilarni jalb etish, “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining tuman bosqichlarida o‘quvchilar ishtiroki, tanlovlarda o’quvchilar ishtiroki, ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.
🔹Yig‘ilish yakunida bo‘lim boshlig‘i tomonidan zarur topshiriqlar berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

