⚡️⚡️Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi.

✅  2026-yilning 21-yanvar kuni Bulung‘ur tumanidagi 23-maktabda Maktabgacha va maktab  ta’limi bo’limi boshlig‘i O.Jangirov umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va psixologlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
🔹Yig‘ilishda o‘quvchilar davomati va formasi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, maktab ichki nazoratidagi va xulqida og‘ish bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarlarni tashkillashtirish, to‘garaklar faoliyati, kelajak.uzedu.uz platformasi orqali o‘quvchilarning to‘garaklarga biriktirilishi va davomatning yuritilishi holati, yuqori sinf o‘quvchilari bilan so‘rovnomalar o‘tkazilishi va kasb-hunarga yo‘naltirish, ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.
🔹Yig‘ilish yakunida bo‘lim boshlig‘i tomonidan zarur topshiriqlar berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.