Bulung‘ur tuman Maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limiga qarashli 4-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 3-“a” sinf o‘quvchilariga “Kelajak soati” darsida «Bayrog‘imiz – faxru g‘ururimiz» mavzusida dars tashkil etildi.
Dars jarayonida davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bо‘lgan ishonchimiz timsoli. О‘zbekiston farzandlari qayerda bо‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Chunki bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzi ekanligi haqida aytib o‘tildi.
Shuningdek, dars davomida video darsliklardan turli xil metodlardan foydalanib o‘tildi.
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 66-umumta’lim maktabning 1-“A” sinfida “18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 61-umumta’lim maktabning 6-sinfida “18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusiida “Kelajak soati” darsi bo‘lib o‘tdi.
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 55-umumta’lim maktabning 3-sinfida “18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan “Hilpira bayrogʻim-hilpira magʻrur” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
📣”BARKAMOL AVLOD” BOLALARI CHELENJNI BOSHLADI
Bulunğur tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bölimiga qarashli “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Davlat bayrog‘imiz sharafiga bag‘ishlangan “Bayroğim- faxrim” shiori ostida chellenj tashkil etildi.Tadbirda tögarak a’zolari faol ishtirok etishdi.
O‘quvchilar qo‘llarida davlat bayrog‘ini baland ko‘tarib, Vatanga bo‘lgan mehr, faxr va hurmat tuyg‘ularini ifoda etdilar. Shuningdek, ular bayrog‘imizning ramzi, ranglari va undagi yulduz hamda hilolning ma’nosi haqida o‘zaro fikr almashdilar.
Bayrog‘imiz — nafaqat milliy g‘ururimiz, balki kelajak avlodimiz uchun ilhom manbai!



