⚡️ Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot, aniq takliflar.

🔹Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

✅ Shu munosabat bilan, Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarning orzu niyatlari, taklif va muammolari tinglandi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘lib, aksariyat qilingan murojaatlar va takliflar joyida hal qilindi, ba’zilari nazoratga olindi.

🔹Shuningdek, bo‘lim boshlig‘i o‘quvchilarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi borasidagi imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi, tavsiya va takliflarini bildirdi