⚡️Bo‘lim boshlig‘i ta’lim muassasalaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi

📍Joriy yilning 6-aprel kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov 58-umumta’lim maktabida davlat dasturi asosida hamda 5-, 39-umumta’lim maktablarida tashabbusli byudjet loyihasi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

📍Bo‘lim boshlig‘i o‘quvchilarning ta’lim va tarbiya olishlari uchun qurilish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajarib topshirishlari yuzasidan mas’ull rahbarlarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.