Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 56-umumta’lim maktab direktori Arslon Xamrayev nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
👥 Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov va maktab jamoasi ishtirok etishib, Arslon Xamrayevga ta’lim tizimidagi samarali mehnati, fidoyiligi uchun minnatdorlik izhor etishdi, sog‘lik va uzoq umr tilashdi.
📜 Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Asqar Mamatov vaqtincha direktor vazifasini bajarishga tayinlandi.

