⚡️MAKTAB RAHBARLARIGA USTAMA TAYINLASH TARIBI TASDIQLANDI.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori bilan endilikda maktab direktori va uning o‘rinbosarlari direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ustama olishlari mumkin bo‘ladi.

Bunda direktorlarga 20% gacha, o‘rinbosarlarga 10% gacha ustama tayinlash mumkin.

❗️Ustama tayinlashda rahbarlarning faoliyat samaradorligi (KPI) asosida, akademik va noakademik natijalar, tarbiyaviy ishlar samaradorligi, moliyaviy faoliyat samaradorligi, malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi.

Ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash metodikasi va tartibi Maktabgacha va Maktab Ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Direktorlarga:
61-70 ball to‘plasa – 5%
71-80 ball to‘plasa – 10%
81-90 ball to‘plasa – 15%
91-100 ball to‘plasa – 20%

O‘rinbosarlarga:
61-70 ball to‘plasa – 2.5%
71-80 ball to‘plasa – 5%
81-90 ball to‘plasa – 7.5%
91-100 ball to‘plasa – 10%

⚠️Ustamalar bir kalendar yili davomida to’lanadi. (yanvardan dekabrgacha)