⚡️Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan seminar o‘tkazildi

📍Bugun Bulung‘ur tumanidagi 34-DMTTda tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan BBAT  (Bolalar bog‘chasi axborot tizimi)dan foydalanish, xodimlar va bolalarni yo‘qlamasini tashkil qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

📍Seminarda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimi J.Xakimovlar ishtirok etib, mazkur raqamlashtirish platformasi shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishini ta‘kidladi.

📍Seminarda BBAT ilovaning qulayliklari va  foydalanish tartibi bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.