✅ Joriy yilning 26-yanvar kuni Bulung’ur tumanidagi 40-umumiy o’rta ta’lim maktabida Esonturdi MFY raisi va profilaktika inspektori bilan hamkorlikda navbatdagi ota-onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi.


Unda “Farzand tarbiyasida ota-onaning o’rni” haqida, o’quvchilar davomati, kiyinish madaniyati, odob-ahloq qoidalariga rioya qilishi, o’quvchilarning darsdan tashqari holatlarda va kechki paytlari bemaqsad yurmasliklari yuzasidan ota-onalarga tushunchalar berildi. Oila, mahalla va ta’lim-muassasasi hamkorligi yuzasidan fikrlar almashishdi hamda tegishli vazifalar belgilab olindi.
