О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va О‘zbekiston xalqiga yо‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi hamda “О‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini xalqqa yetqazish tadbirlari davom etmoqda.




Bugun Bulung‘ur tumanidagi 22-umumta’lim maktabida “Bulung‘ur” , “Yangiqо‘rg‘on”, “Gulzor” va “Mingchinor” MFYlari aholisi uchun mas’ul rahbarlar ishtirokida o’tkazildi.
Tadbirda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar, davlat hamda yoshlar siyosatining asosiy yо‘nalishlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalasida gapirib, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga mas’ul ekanligii, maktab bilan doimiy hamkorlikda bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
