🌎 “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining Bulung‘ur tuman bosqichi o‘tkazildi.

🌿 Bulung’ur tumanidagi 22-maktabda umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari jamoalari o‘rtasida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi tuman bo‘limi hamkorligida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.

🌳Unda ikki kun davomida saralash bosqichlarida yuqori natijalarni egallagan 7 ta jamoa 4 ta shart bo’yicha o’z bilim va mahoratlarini sinovdan o’tkazdilar.

☘️ Qizg’in kechgan bahslar yakunida hakamlar hay’atining xulosasiga ko’ra, 1-o’rinni 67-maktab, 2-o’rinni 18-maktab hamda 3-o’rinni 37-maktabning jamoalari egallashdi.

Yakunda g’olib jamoalar tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.