Bulung‘ur tumani hokimining 2022-yil 18-maydagi 87-793-F/22-sonli farmoni, 2025-yil 11-noyabrdagi 04/01-293-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim fanlaridan “Tuman hokim stipendiyasi” bellashuvi o‘tkaziladi.
Olimpiada tumandagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy yilning 15-noyabr kuni soat 10:00 dan boshlanadi. Maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan ro‘yxatdagi 11-sinf o‘quvchilari shaxsini tasdiqlovchi hujjati hamda maktab muhri tushirilgan ma’lumotnoma bilan ishtirok etishadi.
—Olimpiada o’tkaziladigan MANZIL LOKATSIYASI
—Olimpiadaga oid ma’lumotlar bilan TELEGRAM kanalimizda tanishib borishingiz mumkin.
