O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 24-sentabrdagi 358-son buyrug‘iga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining yangi mavsumi o‘z ishini boshladi. 🎓✨


📅Bugun, 2025-yil 1-dekabr kuni, “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dastur ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi.
🎉Quvonarlisi, ushbu iqtidorli yoshlar safida 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Majitova Sevinch Ergash qizi ham ishtirok etmoqda!
🏕 “ Renessans” oromgohida o‘quv kursining 3-mavsumi 2025-yil 1-dekabrdan 20-dekabrga qadar davom etadi.
✨Dastur davomida o‘quvchilarni quyidagilar kutmoqda:
📘 yangi va qiziqarli bilimlar
🎨ijodiy mashg‘ulotlar
🎤motivatsion uchrashuvlar
🏅sport musobaqalari
🌟Yoshlar dastlabki kundan boshlab o‘z sohalaridagi tajribali mutaxassislar bilan tanishib, o‘z iqtidorlarini yanada rivojlantirish uchun faol qatnashmoqdalar.
🤗“Renessans” oromgohi yana bir bor iqtidorli yoshlarni iliq kutib olib, ularning muvaffaqiyati yo‘lida ilhom manbaiga aylandi!
