✅ Joriy yilning 16-dekabr kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari direktorlari bilan videochat orqali yig‘ilish o‘tkazildi.



❗️Bulung‘ur tuman hokimi o‘rinbosari O.Sattorov, tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig‘i O.Jangirov, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari S.Qayumov, J.Doniyorovlar ishtirok etgan yig‘ilishda “Mening maktabim” loyihasining 2-mavsumida umumta’lim maktablarining ishtiroki muhokama qilindi.


❗️Har bir maktabning ehtiyoji tahlil qilindi, mas’ullar tomonidan loyihada ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi va vazifalar belgilab olindi.
