🔹Bulung’ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida jamiyat va davlat rivojiga raxna soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish bo’yicha “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
🔹Darslar davomida o’quvchilar tomonidan korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida ko’rgazmali ma’lumotlar berildi.
🔹O‘quvchilar tomonidan “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!” mavzusida sahna ko‘rinishlari va rasmlar tanlovi o’tkazish davom etmoqda.

