⚡️ Joriy yilning 28-oktyabr kuni Bulung’ur tumani 1-maktabda “Navbahor” mahallasi yettiligi, inspektor-psixolog (J.Suyunov), profilaktika inspektori (G’.Urakov) bilan birgalikda maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirokida o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasi, huquqbuzarliklar holati hamda davomati masalasida “Maktab-ota-ona-mahalla” hamkorligi doirasida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.
🏹 Yig’ilishdan maqsad maktabda oʻquvchilarning davomatini yuritish, maktablarga biriktirilgan (katta) inspektor-psixologlarning vazifasi, davomatni nazorat qilishda oʻzaro hamkorlik, oʻquvchilarni ta’limga toʻliq jalb etish boʻyicha choralar, maktablarda huqbuzarliklarning barvaqt oldini olish.
♾ Ushbu yig’ilishda mas’ullar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasining 2025-yil 24-sentabrdagi “Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va davomatni yuritish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori mazmun-mohiyati toʻgʻrisida keng tushunchalar berildi.