⚡️Bo‘lim boshlig‘i ta’lim muassasalaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi

✅ Joriy yilning 31-oktabr kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov umumta’lim maktablarida bo‘lib qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

🌍 Jumladan, 2-umumta’lim maktabida tashabbusli byudjet loyihasi mablag‘i evaziga sport zal qurilishi ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, 5-umumta’lim maktab filiali hamda 65-umumta’lim maktabda 2-mavsum tashabbusli byudjet loyihasida qo‘lga kiritilgan mablag‘ evaziga rejalashtirilgan yangi bino qurilishi va ta’mirlash ishlari loyihasi bilan tanishdi.

Bo‘lim boshlig‘i mas’ul rahbarlarga qurilish ishlarini tez va sifatli bajarib topshirilishi yuzasidan zarur tavsiyalarini berdi.