✅ Joriy yilning 24-mart kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov 4-, 11-, 39-, 58-umumta’lim maktablarida davlat dasturi va tashabbusli byudjet loyihasi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
▶️ Bo‘lim boshlig‘i o‘quvchilarning ta’lim va tarbiya olishlari uchun qurilish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajarib topshirishlari yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.




