⚡️Bo‘lim boshlig‘i tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

📌Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov 25-umumta’lim maktabda o‘qituvchi va xodimlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

📌 Unda o‘qituvchi va xodimlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan murojaatlar ijro uchun ro‘yxatga olindi hamda belgilangan muddatlarda murojaatlarni ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi kelishib olindi.