⚡️Bulung‘ur tumanidagi 11-son Madaniyat markazida “Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda.

Tanlov uch kun davomida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, bugun 30 ta umumta’lim maktablarining 6-10-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan teatr jamoalari ikkita shart bo‘yicha bellashmoqda.