✅ Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Bulung‘ur tumani prokurori o‘rinbosari Z.Hamdamov va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirovlar tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.




👥 Uchrashuv davomida o‘quvchilarning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorgarligi, orzu va maqsadlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ular bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.
🔹Shuningdek, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish, kelajakda nufuzli OTMlarga kirishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ta’kidlab o‘tildi.
🔹Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
