✅ Joriy yilning 27-fevral kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari bilan navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat o‘tkazildi.


Siyosiy ma’rifiy soat avvalida mamlakatimiz hayotiga oid muhim yangiliklar to‘g‘risida videorolik namoyish etildi.
Shundan so‘ng, hafta davomida bo‘lib o‘tgan muhim yangiliklar, Jumladan, “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti muhokama qilinib, fikrlar almashinildi.
Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma’rifat soati bo‘lim xodimlarining siyosiy bilimlarini oshirib, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
