⚡️”Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun o‘tkazilayotgan tanlovining Bulung‘ur tumani bosqichi 23-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot tizimidan ro‘yxatdan o’tgan 45 ta maktabdan 225 nafar 7-8-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etishmoqda.

Yakunda umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topiladi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, tanlovning tuman bosqichida 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.