✅ Joriy yilning 23-yanvar kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari bilan navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat o‘tkazildi.




⚡️Siyosiy-ma’rifiy soat avvalida mamlakatimiz hayotiga oid muhim yangiliklar to‘g‘risida videorlik namoyish etildi.
🌐 “Siyosiy-ma’rifiy soat” davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26-dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, shuningdek, Prezident raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.
🔹Mavzuga doir videorolikl va taqdimotlar namoyish etildi. Tadbirda bo‘lim boshlig‘i O.Jangirov ma’ruza qilib, mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xavfsizlik, barqarorlik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirishning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
