📢 Informatika fani o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi

Bugun Bulung‘ur tuman 70-umumta’lim maktabida tumanimizdagi informatika fani o‘qituvchilari ishtirokida zamonaviy ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.

Seminar davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

🔹 besh million sun’iy intelekt yetakchilari (aileaders.uz) loyihasi
🔹 zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni amaliyotga tatbiq etish
🔹 raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanish
🔹 o‘quvchilarda algoritmik fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirish usullari

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, yangi metod va vositalar sinovdan o‘tkazildi. Seminar davomida faol qatnashgan o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, dolzarb masalalar yuzasidan takliflar bildirdilar.