Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan — maktabni tamomlamagan fuqarolar uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish davom etmoqda.
⌛️ Arizalar my.gov.uz portali hamda Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali 1-aprelga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
📊 Ma’lumot o’rnida: bugungi kunga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 4693 nafar fuqaro ariza topshirgan.
