🔴 Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

📌 Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari bilan navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat o‘tkazildi.

📌Siyosiy-ma’rifiy soat avvalida mamlakatimiz hayotiga oid muhim yangiliklar to‘g‘risida videorlik namoyish etildi. Unda:

▫️ mamlakatimizda va xorijda yuz berayotgan dolzarb yangiliklar;
▫️ huquqiy axborot va siyosiy jarayonlar tahlili;
▫️ OAV, xususan, gazetalar sharhi;
▫️ ma’naviy-ma’rifiy hayot hamda mahalla tizimidagi yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi.

📌Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma’rifat soati bo‘lim xodimlarining siyosiy bilimlarini oshirib, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.