🟢Ayni paytda Oqdaryo tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
📌Unda tanlovning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 32 nafar o‘quvchilar ikkita yosh toifasida (6-8-sinf va 9-10-sinf) ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Ta’kidlash joizki, ushbu tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilda viloyat bo’yicha 50 690 nafar o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tgan.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari v.v.b X.G‘oziyev so‘zga chiqib barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati


