🔷Ustoz-AI yo’nalishi yo’nalish sardori 🏆

Kuni kecha Samarqand viloyatida “Bolalar harakati” sardorlari saylovi bo‘lib o‘tdi va g‘olib sardorlar aniqlandi. Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun! shiori ostida o’tkazilgan “Bolalar harakati” sardorlar saylovining viloyat bosqichida nomzodlar o‘z tashabbus va loyihalarini taqdim etib, viloyat darajasida sardorlikka nomzod sifatida ishtirok etishdi Bulung’ur tuman 2-umumiy o’rta ta’lim maktabining iste’dodli o’quvchilari Abdusaidov Asadbek va Apsamatova Muazzamlar faol ishtirok etishdi.
💐Ustoz-AI yo’nalishida maktabimiz o’quvchisi Asadbek Abdusaidov faol ishtirok etib saylov natijalariga ko’ra viloyat sardori etib saylandi.