Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo’limiga qarashli 9-umumiy o’rta taʼlim maktabida biologiya fani o’qituvchisi Xoliqulova Dilnoza tomonidan” Hosil bayrami” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilar qishloqda yetishtiriladigan mahsulotlar va ularning foydasi, sog‘lom ovqatlanish qoidalari bilan tanishtirildi. O’quvchilar tomonidan turli xil sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.


