🔹”YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVINING IKKINCHI BOSQICHI DAVOM ETMOQDA

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda  Samarqand shahridagi 81-umumta‘lim maktabida  “Yil o‘qituvchisi” Respublika tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun Bulung‘ur tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Jomboy tumani o‘qituvchilari, Samarqand shahridagi 81-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida Samarqand tumanidagi umumta‘lim maktablarining tanlovga nomzod o‘qituvchilar dars o‘tish mahoratini namoyish etishmoqda.

👉 Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, har bir tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻolib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 mln 800 ming soʻm)ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati