📌Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladi, ishonch va adolat muhitini yemiradi. Ta’lim tizimida halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini kuchaytirish yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda.
📍Bugun Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasalari direktorlari bilan o’tkazilgan kengaytirilgan yig’ilishda Bulung‘ur tumani hokimi o’rinbosari O.Sattorov, tuman IIB boshlig‘i J.Saidov, tuman prokurori yordamchisi A.Xurramov va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirovlar ishtirok etib, korrupsiyaning og’ir oqibatlari to’g’risida alohida to’xtatilib o’tdi.
📍Korrupsiyasiz kelajakni qurishda ta’lim tizimining alohida muhim o‘rni borligi ta’kidlanib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Halollik – qadriyat, adolat – tamoyil, ishonch – natija.
Keling, korrupsiyasiz kelajakni birgalikda yarataylik!

