#Kelajak_soati O‘zbekiston bayrog‘i

✅Bugun Bulung‘ur tumanidagi barcha ta’lim muassasalarida navbatdagi “Kelajak soati” darslari bo‘lib o‘tdi.

Tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov 18-umumta’lim maktabida 3-“A” sinf o‘quvchilariga “18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” haqida ma’lumot berdi. Vatan ramzlariga hurmat, faxr va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirib, davlat bayrog‘ining ma’nosi, ranglari va tarixiy ahamiyatini tushuntirib berdi. Bu dars orqali o‘quvchilarda milliy g‘urur va vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadi qo‘yilgan.