#Besh_tashabbus_olimpiadasi

🔴 O‘QUVCHILARIMIZ SHAXMAT BO‘YICHA “MAKTAB LIGASI” SPORT MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBI BO‘LDI

📍Joriy yilning 17-noyabr kuni umumiy o‘rta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan 1-4, 5-8 va 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Maktab ligasi” sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

📍Samarqand shahridagi 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘tkazilgan ushbu musobaqada tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin o‘quvchilar g‘oliblik uchun bellashdilar.

🏆Bulung‘ur tumanidagi 66-maktabning 10-sinf o‘quvchisi To’ychiyeva Farangiz Oybek qizi 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni, 5-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Shukurboyeva Rayxona Ulug’bek qizi 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

📍G‘olib va sovrindorlar viloyat Sport boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.