✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, UNICEF va Respublika Tashxis markazi hamkorligida “Inklyuziv ta’lim va barqaror taraqqiyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.


Bunda ko‘zlangan maqsad — alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, inklyuziv ta’limni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish va samarali amaliyotlarni mahalliy tizimga joriy etishdir.
⏰ Konferensiyani kirish so’zi bilan vazir o’rinbosari Farhod Boqiyev ochib berdi va tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va xalqaro hamkorlik haqida so’z yuritdi.
➖ Tadbir gibrid shaklda tashkil etilgan, unda inklyuziv taʼlim yoʻnalishi boʻyicha shugʻullanayotgan pedagog xodimlar, psixologlar, metodistlar ishtirok etdi.
🔰 Anjuman davomida ishtirokchilar mamlakatimizda shakllanib borayotgan inklyuziv ta’lim tizimining tarkibiy tuzilishi, ish mazmuni, shakl va usullari, pedagogik va psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, kadrlar bilan ta’minlanish masalalari, elektron axborot almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar hamda metodik ta’minotning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladilar.
