📣 “Kelajak” markazlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi

✅ Vazirlar Mahkamasining “Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida tashkil etilgan “Kelajak” markazlari toʻgʻrisidagi nizom;

➖ “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

➖ “Kelajak” markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom;

➖ “Kelajak” markazlarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq toʻlash shartlari tasdiqlandi.

👉 Qarorga asosan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

“Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovi oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan:

➡️ Toshkent shahrida — 30 foiz;
➡️ viloyatlar markazlarida — 25 foiz;
➡️ respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida — 15 foiz;
➡️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 10 foiz;

👉 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:

➡️ Toshkent shahrida — 60 foiz;
➡️ viloyatlar markazlarida — 50 foiz;
➡️ respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida — 30 foiz;
➡️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 20 foiz etib belgilandi.

✅ Shuningdek, qaror bilan Respublika “Kelajak” markazi huzurida Bolalar sayyohlik bazasi tashkil etiladi.

👉 Kelajak” markazlari toʻgʻrisidagi nizomga koʻra:

➖ Markaz 6-18 yoshdagi bolalarga qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatadi hamda hududning oʻziga xos xususiyati, oʻquvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatgan olga holda turli yoʻnalishlarda toʻgaraklar tashkil etadi.

➖ Toʻgarak mashgʻulotlari oʻquv yilining 15-sentabridan boshlanib, 25-mayida yakunlanadi.