📆 “Mening maktabim” loyihasining 2025-yilgi 2-bosqichi 15-dekabrdan boshlanadi

“Mening maktabim” loyihasining 2025-yilgi 2-bosqichi loyiha kiritish jarayonlari 15-dekabr, dushanba kunidan boshlanadi. 2-bosqich doirasida 3 va 5-toifaga kiritilgan 96 ta tumandagi 5 104 ta maktab ishtirok etadi.

 

✅ Eslatib o‘tamiz, “Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.

O‘quvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:

1️⃣ avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
2️⃣ mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.

💻 Aziz o‘quvchilar, “Ochiq budjet” open.uz portali orqali o‘z maktabingiz uchun tashabbus ko‘rsatishda faol bo‘ling!

📄 Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 96 ta tuman ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Ro‘yxat

Ma’lumot uchun: 1-bosqichda g‘oliblar aniqlamangan 36 ta maktab joriy yilgi 2-bosqich doirasida qaytadan ishtirok etish imkoniyatiga ega.