#pedagoglar_malakasini_oshirish

🔹Bugun viloyatimizdan 56 nafar mentor o‘qituvchi Samarqand xalqaro aeroporti orqali Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga malaka oshirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida jo‘nab ketdi.
Safar davomida o‘qituvchilar ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, o‘qitish metodikalari hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, xorijiy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Mazkur tashrif pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bunday xalqaro malaka oshirish safarlari o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini boyitish, ta’lim jarayoniga ilg‘or tajribalarni tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati