✅ Bulung‘ur tumanidagi 1-maktabda umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika insholar tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.






📚 Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish, merosini o‘rganish ishlarini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, shuningdek, o‘quvchi yoshlarning ijodkorlik qobiliyati va faolligini kuchaytirish, ularni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rinni 8-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Abdurashidova Gulmira;
🥈2-o‘rinni 69-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Murodbekova Zarnigor;
🥉3-o‘rinni 1-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Yunusov Sardor egalladi.
G‘olib o‘quvchilarimizga viloyat bosqichida omad tilab qolamiz.
