🌍 Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Joriy yilning 30-yanvar kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari bilan navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat o‘tkazildi.

🔹Siyosiy-ma’rifiy soat avvalida mamlakatimiz hayotiga oid muhim yangiliklar to‘g‘risida videorlik namoyish etildi.

Shuningdek,
▫️ huquqiy sohadagi o‘zgarishlar va siyosiy jarayonlarga oid tahlillar;

▫️sun’iy intellekt texnologiyalarining davlat boshqaruvidagi o‘rni, ularning amaliy imkoniyatlari hamda xodimlarning raqamli bilim va malakalarini oshirish masalalari;

▫️ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yangiliklar hamda mahalla tizimidagi islohotlar haqida yangiliklar yetkazildi.

🔹Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma’rifat soati bo‘lim xodimlarining siyosiy bilimlarini oshirib, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.