⚡️Maktab direktori nafaqaga kuzatildi

✅ Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 23-umumta’lim maktab direktori Malika Toshova nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
👥 Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov va maktab jamoasi ishtirok etishib, Malika Toshovaga ta’lim tizimidagi samarali mehnati, fidoyiligi uchun minnatdorlik izhor etishdi, sog‘lik va uzoq umr tilashdi.