⚡️Bo‘lim boshlig‘i ta’lim muassasalaridagi jihozlash va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi

✅ Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov “Kasbiy rivojlantirish kuni” bo‘yicha tayanch etib belgilangan 46-umumta’lim maktabda xonaning jihozlanishi hamda maktabda tashkil etilayotgan “Muhandislik labaratoriya” xonasining ta’mirlanishi va jihozlanish holatini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, Yangi O‘zbekiston massividagi yangi ishga tushurilayotgan 73-umumta’lim maktabning ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

▶️ Bo‘lim boshlig‘i mas’ullarga mazkur ishlarni tez, sifatli bajarish yuzasidan zarur tavsiyalarini berdi.