Mana shoir dunyoga kelganidan qariyb 6 asr vaqt oʻtgan boʻlsa-da uni hamon oʻqiymiz, ijod gulshanidan yangidan yangi ma’nolarni kashf qilamiz. O‘zbekistonda universitet, ilmiy va madaniy muassasalar, ko‘chalar, maydonlar, teatrlar, kutubxonalar, butun bir viloyat va shaharlar Navoiy nomi bilan ataladi. Shundan ham ayonki bobomiz xalqimiz xotirasidan abadiy joy olgan.
Navoiyga boʻlgan eng katta hurmatimiz belgisi – ijodini oʻqish, anglash. Yoshlar, oʻquvchi, talabalar Navoiy ijodini faqat yodlash emas, anglashga harakat qiling. Ustozlarimiz, ayniqsa adabiyot oʻqituvchilarimiz, bolalarimiz qalbida buyuk shoirga muhabbat uygʻotishda sizning hissangiz ulkandir. Adabiyotshunoslar, yosh tadqiqotchilar Navoiy merosini tadqiq qilishdan toʻxtamang.
Zero, Navoiy bizni birlashtiruvchi buyuk siymo, xalqimizning daho farzandi!
