📢 Bulung‘ur tumanidagi yangi 73-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun tanlov boshlandi

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Bulung‘ur tumanida yangidan tashkil etilayotgan 73-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.

🗓 Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 25-fevraldan 2-mart kuniga qadar qabul qilindi.

📍 Bugun Samarqand shahridagi Bilimlarni baholash markazida tanlovning birinchi bosqichi — test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

📊 Mazkur maktabga ishga kirish istagida bo‘lgan 304 nafar talabgor elektron platforma orqali ariza topshirgan.

Tanlov jarayonlari shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! 🍀

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati