Bulung‘ur tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida quvonchli kun! Bugun yurtimiz ertasi bo‘lgan yoshlarning zamonaviy bilim egallashlari yo‘lida yana bir xayrli qadam tashlandi.
Vatanidan yiroqda bo‘lsa-da, o‘z qishlog‘i va maktabi taqdiriga befarq bo‘lmagan homiylarimiz tomonidan 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 16 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi va 2 dona ko‘p funksiyali printer sovg‘a qilindi.
Ushbu ezgu tashabbus uchun tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Ozod Jangirov hamda maktab rahbariyati tomonidan homiylarga chuqur minnatdorchilik bildirilib, maxsus Tashakkurnomalar topshirildi.
