✅ Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig‘i O.Jangirov bo‘lim xodimlari va umumta’lim maktablari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari bilan videochat orqali yig‘ilish o‘tkazdi.


❗️Yig‘ilishda o‘tgan haftada amalga oshirilgan ishlar maktablar kesimida birma-bir tahlil qilindi. Jumladan, bitiruvchi oʻquvchilardan fevral oyi uchun olingan diagnostik test natijalari, bitiruvchi oʻquvchilarning ID karta olishi, oʻquvchilarning umumta’lim fanlaridan xalqaro va milliy sertifikatlar olganligi, E-maktab tizimida faollik natijalari, “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida maktab jamoasi va o‘quvchilarning ishtiroki, o‘quvchilarning my.sport.uz platformasida ariza topshirganligi holati, ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi va joriy haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
