Sizlarni hamda butun xalqimizni ma’naviy poklanish, sabr-qanoat va ezgulik ramzi bo‘lgan muqaddas Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman!
Ushbu qutlug‘ ayyomda qalblarimiz yanada nurli, niyatlarimiz pok bo‘lsin.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda Sizlarga ulkan kuch-quvvat, matonat va zafarlar yor bo‘lsin. Zero, ilm-fan va ta’limga berilayotgan e’tibor — davlatimizning buyuk kelajagiga qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir.
Xonadonlaringizni tinchlik, totuvlik va fayz-u baraka aslo tark etmasin. Farzandlarimizning baxti, kamoli va ilmga bo‘lgan ishtiyoqi barchamizga g‘urur va quvonch bag‘ishlasin.
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
