🔹SAMARQANDDA “TURON” MAKTAB TЕATRI RЕSPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

Samarqand viloyat musiqali drama teatrida “Turon” maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda.

Tanlovni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Rustam Yo‘ldoshev ochib berdi. U o‘z so‘zida yurtimizda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, barcha jamoalarga omad tiladi.

Jarayonlar yurtimizning taniqli san’at ustalari va xalq sevgan aktyorlar tomonidan baholanmoqda.