Ayni vaqtda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.


Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi R. Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtaldi. U ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Yig‘ilish davomida joriy yilning birinchi choragida viloyatda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilmoqda.
Hay’at yig‘ilishida ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi R. Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtaldi. U ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Yig‘ilish davomida joriy yilning birinchi choragida viloyatda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
Kun tartibiga muvofiq qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi yakunlari, pedagog kadrlar attestatsiyasi va malaka toifalari natijalari, shuningdek, maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining samaradorligi muhokama qilindi. Shu bilan birga, xorijiy til o‘qituvchilarining milliy va xalqaro sertifikatlarga egalik darajasi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Bundan tashqari, ayrim toifadagi o‘quvchilarni qo‘shimcha ta’limga jalb etish, xususan, Kelajak.uzedu.uz platformasida to‘garaklar faoliyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X. G‘oziyev hisobot berdi.
Yig‘ilishda ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar bilan olib borilayotgan ishlar holati ham tanqidiy tahlil qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
